Uzluksiz kasbiy rivojlanişning milliy standartlarini işlab çiqiş böyiça amaliy seminar ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PQ–319-son qarori ijrosini ta’minlaş doirasida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan 2026-yil 2–4-noyabr kunlari Toşkent şahrida “Uzluksiz kasbiy rivojlanişning milliy standartlarini işlab çiqiş” mavzusida amaliy seminar taşkil etildi.
Seminarda Uzluksiz tibbiy ta’limni akkreditatsiyalaş böyiça kengaş (ACCME) ekspertlari, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi mutasaddi vakillari iştirok etdi.
Tadbir davomida uzluksiz kasbiy rivojlanişning milliy modelini şakllantiriş, ta’lim faoliyati va provayderlarni akkreditatsiyalaş mezonlari hamda tartiblarini işlab çiqiş, ta’lim sifatini baholaş, xolislik va mustaqillikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, xalqaro tajribani milliy tizimga joriy etiş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, akkreditatsiya jarayonlarini takomillaştiriş va ta’lim provayderlarini akkreditatsiyalaşga bosqiçma-bosqiç ötiş yuzasidan amaliy takliflar körib çiqildi.
Seminar yakunida uzluksiz kasbiy rivojlanişning milliy standartlari, akkreditatsiya mezonlari va tartiblarini takomillaştiriş, tizimni bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça asosiy kelişuvlarga erişildi. Şuningdek, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar, mas’ul ijroçilar va ularni körib çiqiş muddatlari belgilandi.
Mazkur seminar tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va könikmalarini muntazam yangilab boriş, tibbiy ta’lim sifatini oşiriş hamda soğliqni saqlaş tizimida xalqaro standartlarga mos uzluksiz kasbiy rivojlaniş mexanizmlarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
