← Yangiliklar

Toshkent Botanika bog‘ida ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulot

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi kursantlari uchun ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi moduli doirasida Toshkent Botanika bog‘ida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Botanika bog‘i ilmiy xodimi, sistematika uchastkasi rahbari Fotima Primova daraxt va yashil hududlarning havo sifatini yaxshilash, mikroiqlimni saqlash hamda inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumot berdi.
Markaz katta o‘qituvchisi Feruza Xakimova ekologik monitoring, atrof-muhit gigiyenasini baholash usullari va zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha ma’ruza qildi.
Mashg‘ulot davomida kursantlar ekologik xavf omillarini baholash, o‘simlik turlarini o‘rganish va yashil hududlarning sanitariya-gigiyenik ahamiyati bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamladilar.

SanepidRC