← Yangiliklar
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz. Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish — barchamizning sharafli burchimiz.
O‘zbek tili asrlar davomida xalqimizning tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o‘zida mujassam etib kelmoqda. Davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uning sofligini saqlash va kundalik hayotda to‘g‘ri qo‘llash har birimizning mas’uliyatimizdir. Ayniqsa, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tilimizni boyitish, uning nufuzini oshirish va ravnaqiga hissa qo‘shish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlaymiz.
Tilga ehtirom — elga ehtirom! Bayram muborak!
