← Yangiliklar

Soğliqni saqlaş statistikasi böyiça xalqaro trening ötkazildi

KOICA, Sanepidqömita hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamkorligida soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 5 kunlik 5-bosqiç TOT treningi taşkil etildi. Maşğulotlarni Koreya universiteti professori An Hyonggin va Çungbuk milliy universiteti professori Ji Heejung olib bordi.

Treningda Toşkent davlat tibbiyot universiteti, Sanepidqömitaning Yangiyöl filiali hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi 10 nafar mutaxassis iştirok etdi. Maşğulotlarda R dasturi yordamida statistik ma’lumotlarni qayta işlaş, tahlil qiliş, vizualizatsiya hamda zamonaviy statistik usullarni qöllaş böyiça nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Sanepidqömita raisining örinbosari Botirjon Kurbanov trening jarayoni bilan tanişib, koreyalik professorlar bilan ta’lim jarayoni yuzasidan fikr almaşdi. Trening yakunida barça 10 nafar iştirokçiga sertifikatlar topşirildi, öquv materiallari esa malaka oşiriş markazi kutubxonasiga taqdim etildi.

Mazkur xalqaro hamkorlik soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oşiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiliş tizimini rivojlantirişga xizmat qiladi.

SanepidRC

So‘nggi yangiliklar

Barcha yangiliklar →