← Yangiliklar
Prezident nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tarix fanlari doktori, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Fayzullo Ernazarovning «Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros», «Inson qadri — 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: erkinlik, bilim, sog‘liq va yoshlar» hamda «Milliy yuksalish o‘n yilligi: yetti milliy dastur yaxlit tizim sifatida» mavzularida ma’ruzalari tinglandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan «O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan» videoklipi namoyish etildi.
Tadbir davomida mamlakatimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Seminar Prezident nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, milliy g‘urur va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.