Yangi yil tabrigi

Aziz va qadrli vatandoshlar!

Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2025-yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.

Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!

Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Bekzod Ubaydullayev,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori