
«Sifat menejmenti tizimi» bo‘yicha trening
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida «Sifat menejmenti tizimi» bo‘yicha trening boʼlib o`tmoqda..
Avval xabar berilganidek, “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” doirasida e’lon qilinganda tanlovda g‘olib bo‘lgan 20 nafar kursant uchun 2024-yilning 2-6-dekabr kunlari dastlabki seminar-trening tashkil etilgan edi.
Navbatdagi ikkinchi «Sifat menejmenti tizimi» bo‘yicha bir haftalik seminar trening sohadagi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, jamoat salomatligini mustahkamlashda muhim qadamdir.