«Parazitar kasalliklarning laborator diagnostikasi» yo‘nalishida sayyor sikl
Xabaringiz bor, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasida «Parazitar kasalliklarning laborator diagnostikasi» yo‘nalishida 26-noyabrdan 26-dekabrga qadar sayyor sikl tarzida malaka oshirish kursi tashkil etilgan edi.
Sayyor sikl yakunlariga ko‘ra malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan soha xodimlarining 1 oy davomida olgan bilim va tajribalari sinash maqsadida yakuniy test sinovlari va og‘zaki imtihonlar o‘tkazildi.
Mutaxassislar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishdi hamda ularga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar taqdim etildi. Shuningdek, ularni kelgusida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib borishlari ta’kidlab o‘tildi.
👉SanepidRC 👈