QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni ezgulik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi — muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

Ushbu qutlug‘ bayram har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va quvonch olib kirsin. El-yurtimizda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, dasturxonlaringizga to‘kin-sochinlik va ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish markazi jamoasi

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈