Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning o‘rni va ahamiyati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun “Yuqumli kasalliklarning oldini olishda rejali profilaktik emlashning ahamiyati, immunoprofilaktikaning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita Vaksinalar logistikasi va immunoprofilaktika bolimi boshligi, t.f.d. Dilorom Tursunova va bosh mutaxassis Xursanoy Jamalova tomonidan nazariy va amaliy tarzda olib borilgan mashg‘ulotda yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Nazariy va amaliy tarzda olib borilgan mashg‘ulot davomida Respublika milliy vaksina saqlash omborxonasida vaksinalarni saqlash sovuqlik tartibi bilan tanishtirildi. qizamiqni profilaktikasi va qizamiqqa qarshi emlashni tashkil etilishi  hamda  olingan qizamiq vaksinani saqlanish jarayoni o‘rganildi. ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga Sanepidqo‘mita mas’ul mutaxassislari javob berishdi.

Amaliy mashg‘ulotda kursantlar Respublikada milliy emlash taqvimi asosida  bolalarni 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun olingan Respublika milliy vaksina saqlash omborxonasida sovuqlik zanjiriga rioya etilishini amaliy mashg‘ulotda  o‘rganishdi.

👉SanepidRC 👈