Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida GLLP dasturi doirasida Mentor va fasilitatorlar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening avvalida JSSTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosining texnik mutaxassisi, “Yaxshi laboratoriyalar – mustahkam salomatlik” tashabbusining yetakchisi Joanna Salvi le Garrec Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik ko‘magi asosida O‘zbekistonda jamoat salomatligiga xavf soluvchi favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish maqsadida milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilayotgani va buning natijasida xalqaro hamkorlar bilan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) ishlab chiqilgani hamda dasturning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki mazkur dastur inson salomatligi, hayvonlar sog‘lig‘i va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sektorlarni qamrab olgan bo’lib, ushbu yo’nalishdagi laboratoriyalar rahbarlariga mentorlik yordamini ko‘rsatish va kadrlarni tayyorlash orqali laboratoriyalar milliy tizimini takomillashtirish hamda yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Trening davomida ishtirokchilar mentorlik, fasilitatorlik hamda ustoz-shogird yo’nalishlari, ularning usullari va malakalari haqida taqdimot bilan tanishtirib o‘tildi. Bundan tashqari, kompetensiyani o‘z-o‘zini baholash va rejalashtirish yuzasidan murabbiylik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

👉SanepidRC👈