Farg`ona viloyatida sayyor sikl tashkil etildi

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tarzida malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.

 “Parazitologiya” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi joriy yilning 26-noyabridan  tashkil etilgan bo‘lib, unda  20 nafar tinglovchi ushbu  kurslarga jalb qilingan.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonini takomillashtirishning bunday ko‘rinishlari mazkur soha  natijadorligiga xizmat qiladi.

👉SanepidRC👈