Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi shahar va tuman bo‘limlarining bakteriologiya laboratoriyasidagi vrach bakteriologlar “Bakteriologiya” yo‘nalishida malaka oshirish kursi sayyor sikl gibrid (offline-online) tarzida tashkil etildi.

Bir oylik o‘quv kursi davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan sohadagi yangiliklar hamda xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida darslar o‘tildi.

Kurs yakunida “Bakteriologiya” sayyor sikl chiqish test imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlarga sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC👈