Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi”ni (GLLP) tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda milliy va xalqaro hamkorlar hamda dastur g‘oliblari ishtirok etdi. Ikki yillik bu dastur hozirgi va kelajakdagi laboratoriya rahbarlarini milliy laboratoriya tizimlarini mustahkamlash va barqaror rivojlantirish uchun kuchaytirish, shuningdek, ularning kasalliklarning oldini olish, aniqlash va nazorat qilishda hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’minlashga qaratilgan.

GLLP dasturi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilib, O’zbekistonda dasturning amalga oshirilishi USAID va Global jamg‘arma tomonidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Ochilish marosimi davomida O‘zbekiston bo‘ylab inson, hayvon va o‘simliklar salomatligiga oid 80 dan ortiq arizalar orasidan saralab olingan GLLP dasturining 20 nafar ishtirokchisiga ushbu dasturning birinchi modulini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Dasturning keyingi ikki yili davomida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar, interfaol seminarlar va shaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnashadilar. Bu ularga o‘z sohalarida eng yaxshi amaliyotlar va innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini yaratadi.

👉SanepidRC👈