Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning burchi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori B.Ubaydullayev, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E.Danayev va markaz xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Elmurot Danayev tomonidan qo‘mita tizimida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Mazkur tadbir tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish borasida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, javobgarlikning muqarrarligini tushuntirish maqsadida profilaktika tarzida o‘tkazildi.