Avval xabar berilganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” doirasida bioxavfsizlik va biohimoya bo‘yicha besh kunlik seminar-trening yakunlandi.

Seminar-trening davomida bioxavfsizlik va biohimoya bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi, amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-2026-yillar mobaynida davom etadigan mazkur dasturda ishtirokchilari to‘qqizta – boshqaruv, kommunikatsiya, bioxavfsizlik va biohimoya, sifatni boshqarish tizimi, rahbarlik-liderlik, kasalliklarni kuzatish va epidemik holatni tekshirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, ilmiy tadqiqot hamda laboratoriyalar tizimi kompetensiyalarini to‘liq o‘zlashtirishadi, shuningdek, dissertatsiya yozishadi.