Sanepidqo‘mitada 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan  Sanepidqo‘mita hamda Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Zumrad Bekatova, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyazova, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputati Toshpo‘lat Matibayev, 2021-yilda «Ayolga ehtirom» tanlovi g‘olibi, «Osiyo adabiyoti-2023» tanlovida Gran-pri sohibasi Gulbahor Jumayeva, Sanepidqo‘mita mutasaddi vakillari va Toshkent shahar boshqarmasi, tuman bo‘limlari rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” ekanligi, aholi turmushi farovonligi, yurt istiqboli yo‘lida islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat organlari va tashkilotlari jamiyat qurilishining barcha sohasida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tishdi.