Sanepidqo`mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tashkil qilindi.

“Bakteriologiya” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 7-oktabridan Qashqadaryo viloyatida sayyor sikl gibrid (offline-online) tarzida olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining xodimlari uchun sharoit yaratish maqsadida mazkur sayyor sikl o‘tkazilmoqda. Sayyor siklda 28 nafar tinglovchi budjet va shartnoma asosida qabul qilindi.