


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari uchun onlayn malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Sanepidqo‘mita Sanitariya-gigiyena boshqarmasi Standartlash va metrologiya yo‘nalishida bosh mutaxassis Turdiyeva Luiza tomonidan «Standartlash va metrologiya» malaka oshirish 72 soatlik kursi olib borilyapti.
Onlayn kurs davomida O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi yangi Qonunning maqsadi,
standartlarning toifalari,
O‘zbekiston Milliy standarti belgisi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.