Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi kursantlari uchun “Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olishda vaksinatsiyaning ahamiyati” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Nazariy va amaliy tarzda olib borilgan mashg‘ulotda yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Respublika milliy vaksina saqlash omborxonasiga AQSH davlatidan COVAX dasturi yordamida olingan bir million doza Pfizer vaksinani qabuli, vaksinani muzlatkichlarga joylashtirish, vaksinani tashish, saqlashda sovuqlik zanjiriga rioya etilishi, sovutgich kameralarda milliy emlash taqvimi asosida bolalarni rejali emlash uchun olingan vaksinalarni saqlash holatini amaliyotda o‘rganilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Amaliy mashg‘ulotda vrachlar Milliy vaksina saqlash omborida respublikada 13 turdagi infeksiyaga va epid ko‘rsatma bo‘yicha koronavirus infeksiyaga qarshi emlash uchun Pfizer vaksinalarni zahirasi yaratilganini va ushbu vaksinalar ehtiyojga asosan ma’muriy hududlarni davolash profilaktika muassasalariga maxsus avtorefrijerator transportga yetkazib berilayotgani tartibi bilan tanishtirildi.