Sog‘liqni saqlash tizimida raqamli transformatsiya sari muhim qadam

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida muhim o‘quv seminari tashkil etildi. Joriy yilning 18–20-aprel kunlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) hamda Uzinfokom hamkorligida Yuqumli kasalliklarni elektron monitoring axborot tizimi (YuKEM)ni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan trenerlarni tayyorlash (TOT) 3 kunlik seminar-trering o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treringda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari Epidemiologiya hamda AKT bo‘lim boshliqlari, hududiy tizim mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Seminar davomida:
Zamonaviy raqamli axborot almashinuvi tizimlari;
Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari (XTSQ)ni samarali amalga oshirish;
Davlat organlari o‘rtasida tezkor va sifatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Ushbu o‘quv kurslari sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈