GLLP dasturining 1-kogortasi bitiruvchilari uchun yakuniy marosim va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk marotaba milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan loyiha – inson salomatligi, hayvonlar sog‘ligi va atrof-muhit sektorlari laboratoriyalari liderlariga mentorlik yordamini ko‘rsatish Global o‘quv dasturining 1-kogortasi bitiruvchilari uchun yakuniy marosim va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2025-yil dekabr oyiga qadar davlat sog‘liqni saqlash, veterinariya va atrof-muhit sohalaridan laboratoriya mutaxassisi dastur doirasidagi 9 ta asosiy kompetensiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi hamda milliy mentorlar rahbarligida diplom loyihalarini himoya qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbir davomida O‘zbekistonda GLLP dasturi natijalari bo‘yicha yakuniy taqdimot namoyish etilib, 1-kogorta ishtirokchilariga diplomlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.



