Poytaxtimizda xalqaro hamkorlik doirasidagi seminar-trening o‘tkazildi

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) bilan hamkorlikda

Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari(XTSQ)ni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari bilan o‘z vaqtida aloqa qilish sifatini oshirish uchun raqamli axborot almashinuvi tizimlaridan foydalanish, “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi (YuKEM)”ni amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.