Yuqumli kasalliklarning oldini olishda rejali profilaktik emlashning ahamiyati, immunoprofilaktikaning dolzarb masalalari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun “Yuqumli kasalliklarning oldini olishda rejali profilaktik emlashning ahamiyati, immunoprofilaktikaning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita Vaksinalar logistikasi va immunoprofilaktika bo`limi boshligi D.Tursunova, bosh mutaxassis X.Jamalova tomonidan nazariy va amaliy tarzda olib borilgan mashg‘ulotda yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiyaning o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mashg‘ulot davomida Respublika milliy vaksina saqlash omborxonasida vaksinalarni saqlash sovuqlik tartibi bilan tanishtirildi. Qizamiq profilaktikasi va unga qarshi emlashni tashkil etilishi hamda olingan qizamiq vaksinani saqlanish jarayoni o‘rganildi. ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga Sanepidqo‘mita mas’ul mutaxassislari javob berishdi.

Kursantlar yurtimizda milliy emlash taqvimi asosida bolalarni 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun olingan vaksinalarni Respublika milliy vaksina saqlash omborxonasida sovuqlik zanjiriga rioya etilishini amaliy mashg‘ulotda o‘rganishdi.

👉SanepidRC👈