Navro`z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan TABRIK

Go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib kutgan – Navro‘zi olam kirib keldi. Navro‘z – yangi kun demakdir. Uyg‘onish va yangilanish ayyomi – Navro‘z
shukuhidan dillarimiz yayramoqda. Barchangizga Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Har bir xonadonga yangidan yangi rejalar, maqsadlarning qaror topishidek tole nasib etsin. Navro‘z shukuhi doimo qalblarimizni quvonchlarga to‘ldirib, yurtimizda mangu qolsin!
Bekzod Ubaydullayev,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish markazi direktori