Sanepidqo`mita Xorazm viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tashkil qilindi.

“Gigiyena” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 16-sentabridan Xorazm viloyatida sayyor sikl tarzida offline (online) ko‘rinishida olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarining xodimlari uchun sharoit yaratish maqsadida mazkur sayyor sikl o‘tkazilmoqda.