🗂Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida o‘rta tibbiyot mutaxassislari uchun “O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi laborantlari” bo`yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.

🔖 Sanepidqo‘mita xodimlari, Respublikamizning viloyat, tuman va poytaxtimizdagi mutaxassislar ishtirok etayotgan malaka oshirish kurs modullarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi professor va o‘qituvchilari tomonidan darslar olib borilmoqda.