← Yangiliklar

Yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qiliş tizimi amaliyotga keng joriy etilmoqda

Yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qiliş tizimi amaliyotga keng joriy etilmoqda

Urganç şahrida “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” (YUKEM)ni hududlarda samarali joriy etiş va raqamli axborot almaşinuvini takomillaştiriş mavzusida seminar-trening bölib ötdi.

Seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi mas`ul vakillari, boşqarmaning şahar va tuman bölimlarida faoliyat yuritayotgan epidemiologlar hamda YUKEM axborot tizimi uçun mas’ul xodimlar, şuningdek, viloyat va tuman tibbiyot birlaşmalarida faoliyat olib borayotgan infeksionist şifokorlar iştirok etdi.

Tadbir davomida iştirokçilarga YUKEM axborot tizimining imkoniyatlari, uning afzalliklari va amaliyotda qöllaş tartibi böyiça nazariy hamda amaliy tuşunçalar berilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan tizim orqali ma’lumotlarni şakllantiriş, tahlil qiliş va elektron tarzda almaşiş mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Şuningdek, seminar iştirokçilari özlarining amaliy tajribalari bilan örtoqlaşib, faoliyat davomida uçrayotgan muammolar va dolzarb masalalar böyiça fikr almaşişdi.

Tadbir doirasida tizimdan samarali foydalaniş, epidemiologik vaziyatni tezkor baholaş hamda raqamli texnologiyalarni soha faoliyatiga keng joriy etiş yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

👉SanepidRC👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →