Soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç ToT seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi
Soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç ToT seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi

Avval xabar berilganidek, poytaxtimizda Özbekistonda kasallik yukini kamaytiriş hamda yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştirişga qaratilgan KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç “Training of Trainers” (ToT) seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Seminarda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Toşkent davlat tibbiyot universitetining malakali mutaxassislari iştirok etdilar.
Treningning asosiy maqsadi — soğliqni saqlaş tizimida statistik ma’lumotlar sifati va monitoring jarayonlarini yaxşilaş, mutaxassislarda analitik tafakkurni rivojlantiriş, epidemiologik vaziyatni töğri baholaş hamda axborotlarni xalqaro talablarga muvofiq yuritiş könikmalarini mustahkamlaşdan iborat böldi.
Maşğulotlar davomida quyidagi yönalişlar böyiça nazariy va amaliy tajriba almaşildi:
📌soğliqni saqlaş statistikasi böyiça zamonaviy nazariy bilimlar;
📌statistik va epidemiologik tahlil usullari;
📌raqamli axborot tizimlaridan samarali foydalaniş;
📌yuqumli kasalliklar böyiça indikatorlarni hisoblaş va baholaş.
Treningning muhim jihati şundaki, dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislar kelgusida hududlarda mahalliy trener sifatida faoliyat yuritib, statistika madaniyatini oşiriş va tizim samaradorligini kuçaytirişga hissa qöşadilar.
Beş kun davom etgan mazkur ToT-trening yakuniga köra iştirokçilarga KOICA loyihasi doirasida belgilangan namunadagi sertifikatlar topşirildi.
👉SanepidRC 👈
