← Yangiliklar

Toşkent Botanika boğida ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi böyiça köçma maşğulot ötkazildi

Toşkent Botanika boğida ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi böyiça köçma maşğulot ötkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi kursantlari uçun ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi moduli doirasida amaliyot Toşkent Botanika boğida taşkil etildi.

Bugun dunyo miqyosida boşlangan önlab global muammolar — iqlim özgarişi, atmosfera havosining ifloslanişi, sayyoramiz haroratining kötarilib borişi, quruqçilik, bularning barça-barçasi negizida bitta narsa, u ham asrlar davomida insoniyatning tabiatga yetkazib kelayotgan zararlari hosilasi hisoblanadi.

Botanika boği ilmiy xodimi sistematika uçastkasi rahbari Fotima Primova kursantlarga yaşil hududlarning ahamiyati, ayniqsa:

havo tarkibini tozalaşda,
kislorod balansi va mikroklimatni yaxşilaşda,
odamlarda stress va çarçoqni kamaytirişda,
şahar muhitining ekologik barqarorligini ta’minlaşda daraxtlarning beqiyos örni haqida tuşuntirib berdi.

‼️U daraxtlarning turiga qarab allergenlik darajasi, çanglaniş davri, ularning salomatlikka ijobiy ta’siri haqida ham amaliy misollar bilan ma’lumot berdi.

Kursantlar quyidagi yönalişlarda bilim va tajribasini oşirdilar:

📌ekologik tizimlar va ularning barqarorligi;
📌Botanika boğining milliy florani asraşdagi örni;
📌yaşil hududlarning sanitar-gigiyenik ahamiyati;
📌şahar havo sifatini yaxşilaşda ösimliklarning roli.

Maşğulot davomida ular allergen ösimliklarni aniqlaş, ekologik xavf omillarini baholaş, ösimlik turlarining xususiyatlarini soliştiriş kabi amaliyotlar bilan ham tanişdilar.

Ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi modul böyiça ma’ruzani Markazning katta öqituvçisi Feruza Xakimova öqidi. U atrof-muhit gigiyenasini baholaş usullari, ekologik monitoringning dolzarbligi va zamonaviy yondaşuvlar haqida tuşuntirb ötdi.

Toşkent Botanika boği tabiiy laboratoriya sifatida xizmat qilib, kursantlarning bilim va amaliyotlarini yanada boyitişga katta hissa qöşadi.

👉SanepidRC👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →