Talabalar va bitiruvçilar bilimini ikki bosqiçda baholaş va ularning malakasini tasdiqlaş milliy tizimi joriy etiladi
Xabaringiz bor, mamlakatimizda keng kölamli ma'muriy islohotlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'muriy islohotlar doirasida soğliqni saqlaş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-197-son qarori bilan tibbiyot yönalişidagi davlat oliy ta'lim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqiçli baholaş va ularning malakasini tasdiqlaş milliy tizimini joriy etilişi belgilangan.
Mazkur topşiriq ijrosi yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan Böğoz tibbiyot universiteti (Gulf Medical University) rektori, JSST tibbiy ta'lim böyiça maslaxatçisi, professor Xossam Xamdi (BAA), tibbiy ta'lim mutaxassislari jamiyati raisi Z.Balkizov (Rossiya), Sankt-Peterburgdagi I.I.Meçnikov nomidagi Şimoliy-Ğarbiy Davlat Tibbiyot Universiteti öquv departamenti boşliği Z.Lopatin (Rossiya) mamlakatimizga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida delegatsiya a'zolari Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi rahbariyati bilan ham uçraşdi.
Uçraşuv davomida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida Kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazida soha xodimlarini rivojlangan davlatlar tajribasini örgangan holda, qöşma dasturlar asosida öqitişni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
