Soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç ToT kursi doirasidagi seminar-trening yakunlandi
Soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç ToT kursi doirasidagi seminar-trening yakunlandi

Avval xabar berilganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Özbekistonda kasallik yukini kamaytiriş va yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyiha doirasida soğliqni saqlaş statistikasi böyiça 3-bosqiç Training of Trainers (ToT) kursi doirasidagi seminar-trening öz işini yakunladi.
Sanepidqömita va Qömitaning hududiy boşqarmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi xodimlari iştirok etişdi.
– Seminar-trening interaktiv tarzda ötganini alohida ta’kidlamoqçiman, – deydi Sanepidqömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikramov. – KOICA taşkiloti ekspertlari va Koreya universiteti Tibbiyot fanlari kafedrasi professori Yohan Li GBD-yuqumli kasalliklar yuklamasi töğrisidagi mavzularni taqdimot orqali tuşuntirib, seminar maşğulot iştirokçilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.
5 kunlik seminarda kasalliklar holati va tarqalişining körsatkiçlarini tanlaş va izohlaş böyiça bilim va könikmalar oşirildi.
Seminar yakunida iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈
