← Yangiliklar

Seroepidemiologik tadqiqotlar metodologiyasi böyiça uç kunlik trening ötkazildi

2026-yil 18–20-noyabr kunlari Toşkent şahrida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar böyiça xizmat körsatiş boşqarmasi (UNOPS) hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamkorligida seroepidemiologik tadqiqotlar metodologiyasi böyiça trening taşkil etildi. Tadbir emlaş orqali oldini oliş mumkin bölgan kasalliklar böyiça epidemiologik kuzatuvni takomillaştirişga qaratilgan loyiha doirasida ötkazildi.

Treningda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Namangan, Toşkent, Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlaridan immunoprofilaktika işlariga mas’ul şifokorlar hamda virusologiya laboratoriyalari şifokorlari iştirok etdi. Maşğulotlarda seroepidemiologik tadqiqotlarning maqsadi va dizayni, tadqiqot uçun aholi guruhlarini tanlaş, serologik laboratoriya tekşiruvlari usullari va ularning sifatini nazorat qiliş masalalari yoritildi.

Nazariy maşğulotlar guruhlardagi muhokamalar va amaliy topşiriqlar bilan mustahkamlandi. İştirokçilar anketa va laboratoriya ma’lumotlarini birlaştiriş, natijalarni umumlaştiriş va tahlil qiliş böyiça maşqlarni bajardilar. Trening yakunida özlaştirilgan bilimlar baholandi, iştirokçilarning fikr va takliflari tinglandi hamda ularga sertifikatlar topşirildi.