← Yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi va Malaya Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va Malayziyaning Malaya Universiteti  o‘rtasidia hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida kadrlar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nashrlar, hisobotlar va boshqa o‘quv materiallari va ma'lumotlar almashinuvi natijasida kadrlarga kerakli bilimlar berish, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan ta'lim sifatini oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Malayziyalik mehmonlarga markaz faoliyati tanishtirildi, shu bilan birga malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoni uchun foydalanilayotgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi laboratoriyalariga tashrif uyushtirildi. Mehmonlar yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.