“Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur” (GLLP) böyiça tanlov nomzodlari bilan suhbat ötkazildi
“Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur” (GLLP) böyiça tanlov nomzodlari bilan suhbat ötkazildi
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida xalqaro va milliy ekspertlar iştirokida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur” (GLLP) böyiça öqitiş uçun iştirokçilarni tanlaş maqsadida e’lon qilingan tanlov nomzodlari bilan suhbat ötkazildi
✅ Ma’lumot örnida aytiş mumkinki, “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur” (GLLP) Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (WHO), AQŞ kasalliklarni profilaktikasi va nazorati böyiça markaz (CDC), Kasalliklar nazorati va profilaktikasi Yevropa markazi (ECDC), AQŞ jamoat soğliğini saqlaş laboratoriyalari assotsiatsiyasi (APHL), BMTning oziq-ovqat va qişloq xöjaligi böyiça taşkiloti (FAO), Jahon hayvonlar salomatligini himoya qiliş taşkilotlari (MEB) hamkorligida işlab çiqilgan.
📉Mazkur dastur böyiça mamlakatimizda şu sohalarga aloqador mutaxassislarni öqitiş va hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş közda tutilgan.
📋 Ta’kidlaş joizki dasturning asosiy maqsadi inson soğliği, hayvonot dunyosi va atrof-muhitni himoya qilişga qaratilgan milliy laboratoriya tizimlarini quriş, mustahkamlaş, qöllab-quvvatlaş va yangi laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş hamda ularga rahbarlik qilişga kömaklaşişdan iboratdir. Dastur doirasida tanlov ötkazilib, 80 dan ortiq nomzodlar iştirok etiş istagini bildirdi.
✅ Tanlovda iştirok etiş istagidagi nomzodlar saralanib, xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan suhbat ötkazildi.
❇️ Ta’kidlaş joizki suhbat şaffof tarzda ötkazilib, dasturda öqiş uçun mos keladigan mutaxassislar saralab olindi.
