Sanepidqömitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boşqarma va bolimlari mutaxassislari uçun malaka oşiriş kurslari
Sanepidqömitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boşqarma va bolimlari mutaxassislari uçun malaka oşiriş kurslari

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar xizmatlari boşqarmasi (UNOPS) hamkorligida taşkil etilgan uşbu 5️⃣ kunlik “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oşiriş kurslarida Sanepidqömitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boşqarma va bolimlari mutaxassislari iştirok etdi.
Kurs davomida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutaxassislari N.Qarşiyeva va G.Radjapbayeva, şuningdek, soha mutaxassislari M.Madaminov va I.Zaitov tomonidan ma’ruzalar öqildi. Mutaxassislar maʼruzalarida biologik xavf darajalari, bioxavfsizlik tamoyillari hamda xavfli infeksiyalar bilan boğliq masalalarga alohida töxtalib ötildi.
Maşğulotlarda iştirokçilar bioxavfsizlik, biohimoya, xavflarni boşqariş va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari böyiça nazariy va amaliy bilimlarini oşirişdi.
Iştirokçilar Sanepidqömitaning Virusologiya laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanişdilar. Laboratoriya xodimi I.Zaitov tomonidan bioxavfsizlikni nazorat qiliş çoralari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi. Kurs yakunida Sanepidqömitaning Namangan va Sirdaryo viloyatlari boşqarma va bolimlaridan qatnaşgan mutaxassislarga sertifikatlar topşirildi.
Navbatdagi malaka oşiriş kurslarida Sanepidqömitaning Jizzax va Samarqand viloyatlari boşqarma va bolimlari mutaxassislari qatnaşmoqda.
👉SanepidRC 👈
