Sanepidqömita hududiy boşqarmalari mutaxassislari uçun seminar taşkil etildi
Sanepidqömita hududiy boşqarmalari mutaxassislari uçun seminar taşkil etildi

Avval xabar berilganidek, hududlarda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tomonidan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar xizmatlari boşqarmasi (UNOPS) va Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari(XTSQ)ni amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” (YuKEM)ni amaliyotga joriy etiş masalalariga bağişlangan seminar-treninglar ötkazildi.
📌Navbatdagi öquv seminarida Sanepidqömitaning Qaşqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Farğona, Sirdaryo va Toşkent viloyati boşqarmalarining tuman (şahar) bölimlari mutaxassislari iştirok etdi.
🔰Seminarda Sanepidqömita va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tizimida faoliyat yurituvçi malakali mutaxassis-trenerlar tomonidan iştirokçilarga YuKEM tizimining funksional imkoniyatlari, undan samarali foydalaniş tartiblari, şuningdek, amaliyotda uçrayotgan texnik va taşkiliy masalalar yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berildi.
📝Maşğulotlar jarayonida tizim bilan işlaşning amaliy jihatlari körgazmali tarzda namoyiş etilib, iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atrofliça javoblar berildi. Seminar özaro tajriba almaşiş va tizimni hududlarda samarali joriy etiş yuzasidan muhim muloqot maydoniga aylandi.
