Sanepidqömita Andijon va Farğona viloyati boşqarmalarining mutaxassislari uçun malaka oşiriş kurslari
Sanepidqömita Andijon va Farğona viloyati boşqarmalarining mutaxassislari uçun malaka oşiriş kurslari

Bugun poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar xizmatlari boşqarmasi (UNOPS) hamkorligida taşkil etilgan Sanepidqömita Andijon va Farğona viloyati boşqarmalarining mutaxassislari uçun “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oşiriş kurslari boşlandi.
Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori örinbosari I.Ulugnazarova, UNOPS mutaxassisi D.Rustamov va markazning Xalqaro tajribani örganiş, öquv-maşğulot jarayoniga zamonaviy ilmiy-metodikani tatbiq etiş bölimi boşliği D.Kuziyeva oçib berib, biologik xavflar va yuqumli kasalliklar bugungi kunda barça mamlakatlar uçun jiddiy muammo ekanini ta’kidlab, mazkur kursda olinayotgan bilim va tajribalar iştirokçilarning amaliy faoliyatida mustahkam zamin yaratişi hamda aholi salomatligini muhofazada muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlab ötişdi.
Beş kunlik malaka oşiriş kurslari dunyo standartlari va ilğor tajribalar asosida malaka oşiriş imkoniyatini yaratib, hududlardan taşrif buyurgan epidemiologlar va yuqumli kasalliklar bilan işlaydigan mutaxassislar uçun yangi bilim va amaliy könikmalar manbai bölib xizmat qiladi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈
