← Yangiliklar

«Respublikada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olishda immunoprofilaktika tadbirlarini tashkil etish» mavzusida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holdagi o‘quv mashg‘ulotlari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida «Epidemiologiya» yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi tinglovchilariga «Respublikada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olishda immunoprofilaktika tadbirlarini tashkil etish» mavzusida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulot interaktiv usulda o‘tkazilib, tinglovchilarning savollariga ma'sul mutaxassislar tomonidan javob berildi. Amaliy mashg‘ulot bilan birgalikda tinglovchilar Respublika vaktsina saqlash omborxonasida vaktsinalarni qabul qilish, ularni sovutgich xonalarga joylashtirish, sovuqlik zanjiriga rioya etgan holda vaktsinalarni saqlash tartiblari bilan tanishtirilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.