Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi böyiça seminar

Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi böyiça seminar
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida ISO 22000:2018 (HACCP) böyiça oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining menejeri/içki auditori kursiga öqitiş yuzasidan seminar ötkazilmoqda.
Mazkur seminar Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasining Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini jadallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş maqsadida, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) texnik kömagida taşkil etildi.
Uşbu seminarda Sanepidqömita va Toşkent şahri hamda Toşkent viloyati boşqarmalari bölimlarining oziq-ovqat xavfsizligi böyiça faoliyat olib boruvçi mutaxassislari iştirok etmoqda. Seminarda oziq-ovqat sanoati sohasidagi xodimlar va menejerlar HASSP standartlarini işlab çiqiş, ularni amalga oşiriş va monitoring qiliş böyiça muhim ma’lumotlar olişdi.
Seminar iştirokçilari öz bilimlarini oşiriş, yangi könikmalarga ega böliş va kelgusida HASSP tizimini samarali va xavfsiz joriy etişdagi amaliyotlarni örganiş imkoniyatiga ega bölişdi. Şuningdek, seminarda HASSP tizimini joriy etişdagi asosiy qiyinçiliklar va ularni bartaraf etiş usullari haqida ham fikr almaşildi.
Trening iştirokçilari seminardan katta ma’ruzalar va amaliy maşğulotlar yordamida HASSP tizimini samarali joriy etişga yordam beradigan zarur bilimlarga ega bölişmoqda.
