← Yangiliklar

“Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qöyiladigan gigiyenik talablar” mavzusida davra suhbati

“Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qöyiladigan gigiyenik talablar” mavzusida davra suhbati

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “Özbekiston Respublikasining Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini jadallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori va 2025-yil 18-apreldagi “Işlab çiqariş, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantiriş, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq, respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi tizimini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş, Alimentarius Kodeksi standartlarini keng joriy etiş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi xalqaro hamkorlar bilan “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qöyiladigan gigiyenik talablar” (144 soat) malaka oşiriş kursi dasturi işlab çiqilib, tasdiqlandi.

‼️Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qöyiladigan gigiyenik talablar” mavzusida kontentlar yaratiş uçun taşkil etilgan davra suhbatida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi, Toşkent kimyo-texnologiya institutining professor-pedagoglari va mas’ul mutaxassislari iştirok etdi.

🔹Davra suhbatini Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori örinbosari I.Ulugnazarova oçib berib, öquv dasturining maqsadiga töxtalib ötdi. Kelgusida “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qöyiladigan gigiyenik talablar” (144 soat) malaka oşiriş kursi, öquv darslari talablari böyiça ma’lumot berildi.

Şuningdek, davra suhbati davomida iştirokçilar uçun Markazning Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayonini taşkil etiş bölimi boşliği E.Suyunova tomonidan «Pedagogning kasbiy professionalligini oşiriş böyiça» mahorat darsi ötkazildi.

SanepidRC

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →