Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur”i doirasida tanişuv uçraşuvi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dastur”i doirasida tanişuv uçraşuvi ötkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamkorligida Özbekistonda milliy laboratoriya tizimini rivojlantiriş va xalqaro standartlarga moslaştirişga qaratilgan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) amalga oşirilmoqda.
Dasturning rahbarlik-liderlik mavzusidagi trening doirasida tinglovçilar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oliy Majlis Senatiga taşrif buyurdilar.
Senatning Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Baxrom Abdullayev hamda qömita a’zosi Gulnora Marufova uçraşuv iştirokçilariga parlamentda qonunlarni muhokama qiliş jarayoni, qonunçilik takliflarini körib çiqiş tartibi hamda tegişli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berişdi.
Taşrif davomida iştirokçilar parlamentning yuqori palatasi faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldi.
Kunning ikkinçi yarmida tinglovçilar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga taşrif buyurdilar.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Mavludaxon Xodjayeva va Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi raisi Nazira Muxtorova tomonidan Qonunçilik palatasining faoliyati va vakolatlari, qonunlar va normativ-hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş jarayoni, qonunçilik takliflarini körib çiqiş tartibi haqida ma’lumotlarga töxtalib ötişdi.
Taşrif çoğida GLLP iştirokçilari deputatlar bilan uçraşib, milliy qonunçilik tizimidagi islohotlar va turli sohalardagi qonunçilik taşabbuslarini muhokama qildilar.
Iştirokçilar Qonunçilik palatasining kutubxonasi va muzeyi, yalpi majlis zali faoliyati bilan yaqindan tanişişdi.
Bu uçraşuv dastur iştirokçilari uçun rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantiriş va davlat boşqaruvi tizimini çuqurroq anglaş imkoniyatini yaratdi.
