← Yangiliklar

«Oçiq eşiklar kuni» tadbiri ötkazildi

Sanepidqömitada 8-dekabr — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan  Sanepidqömita hamda Toşkent şahar boşqarmasi hamkorligida «Oçiq eşiklar kuni» tadbiri ötkazildi.

Unda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi a’zosi Zumrad Bekatova, Toşkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyazova, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputati Toşpölat Matibayev, 2021-yilda «Ayolga ehtirom» tanlovi ğolibi, «Osiyo adabiyoti-2023» tanlovida Gran-pri sohibasi Gulbahor Jumayeva, Sanepidqömita mutasaddi vakillari va Toşkent şahar boşqarmasi, tuman bölimlari rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining mas’ul xodimlari iştirok etdi.

Tadbirda söz olganlar “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” ekanligi, aholi turmuşi farovonligi, yurt istiqboli yölida islohotlar amalga oşirilayotgani ta’kidlab ötildi. Şuningdek mamlakatimizda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş, davlat organlari va taşkilotlari jamiyat qurilişining barça sohasida korrupsion omillarga çek qöyişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilayotganiga töxtalib ötişdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →