← Yangiliklar

Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

Hashar barchani hamjihatlikka, mehr-oqibatga chorlagan holda yurtdoshlarimizni Vatan obodligi, xalqimiz ma'naviyatini, milliy urf-odatlarimizni yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona mehnatiga zamin hozirlaydi.

Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ham hasharda ishtirok etishdi.

Hashar doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududining atrofi tozalandi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.