← Yangiliklar

Nutritsiologiyada zamonaviy yondaşuv

Nutritsiologiyada zamonaviy yondaşuv

Bugungi kunda insoniyatni taşvişga solayotgan dolzarb muammolardan biri — notöğri ovqatlaniş oqibatida kelib çiqadigan kasalliklardir. Töyib ovqatlanmaslik, yoki aksinça — zararli mahsulotlar iste’moli, ovqatlaniş va jismoniy faollik örtasidagi mutanosiblikning buzilişi nafaqat individ, balki butun jamiyatning soğliğiga tahdid soladi.

Toşkent  davlat tibbiyot universitetida ötkazilgan “Nutritsiologiyada zamonaviy yondaşuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda bu haqida alohida töxtalib ötildi.

Anjuman «Özbekiston Nutritsiologlar assotsiatsiyasi» hamda TDTU hamkorligida taşkil etilgan tadbirda Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b. M.Xamrakulova va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi boş mutaxassisi I.Uluknazarovalar ham iştirok etdi. «Özbekiston Nutritsiologlar assotsiatsiyasi» raisi, professor Guli Şayxova, professor Feruza Azizova, professor Qahramon Xaitov oçiliş sözida soğlom turmuş tarzi, ayniqsa bolalar va ösmirlar ovqatlaniş madaniyatini şakllantirişda nutritsiologiya fanining örni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

Xalqaro miqyosdagi anjumanda Qozoğiston, Tojikiston kabi qöşni mamlakatlardan nufuzli olimlar iştirok etib, onlayn platformada nutq sözladi. Jumladan, Qozoğiston Milliy tibbiyot universiteti professorlari Maygul Qaynarbayeva va Akkumis Salxanova, şuningdek, tojikistonlik professor Solex Şaripov nutritsiologiya sohasidagi yangi tadqiqotlarga töxtalib ötdi.

TDTU professori, gigiyena sohasi böyiça yetuk mutaxassis Feruza Salomova maktab yoşidagi bolalarda ovqatlaniş muvozanati buzilişi orqali yuzaga kelayotgan salomatlik muammolari haqida ma’lumot berdi. Professor Nizom Ermatov öz ma’ruzasida Özbekiston aholisi ovqatlanişidagi real muammolar — me’yordan ortiq uglevod va kam ovqatlaniş, oziş va kamqonlikkaça bölgan holatlar haqida söz yuritdi.

Anjumanda nutritsiologiyaning tibbiyotning turli sohalari — sport, endokrinologiya, pediatriya, geriatriya va kasb kasalliklari bilan boğliq yönalişlariga oid masalalar ham kötarildi. Aynan milliy taomlarni parhezda qöllaş, biologik aktiv qöşimçalarning foydasi hamda oziq-ovqat xavfsizligida xalqaro HASSP tizimining ahamiyati haqida fikr almaşildi.

Anjuman iştirokçilari tomonidan savol-javoblar, taklif va xulosalar söngida soha rivojiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilindi. Mazkur anjuman nafaqat ilmiy-praktik almaşinuv, balki soğlom avlodni tarbiyalaşdagi yangi ğoya va takliflar bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →