Mustaqillik bayrami tabrigi
Mustaqillik bayrami tabrigi

Aziz yurtdoşlar!
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi jamoasi nomidan barçangizni xalqimizning eng uluğ va eng aziz bayrami — Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — milliy özligimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylaş, Vatanimiz ravnaqi va kelajagiga işonç bilan intilişimiz uçun mustahkam poydevordir.
Şu qutluğ ayyomda yurtimizga tinçlik-xotirjamlik, xalqimizga sihat-salomatlik, har bir xonadonga fayzu baraka, farovonlik va baxt-saodat tilaymiz.
Jonajon Özbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinç va farovon bölsin! Yana bir bor Mustaqillik bayrami muborak bölsin!
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi jamoasi
