← Yangiliklar

Markazining kursantlari uçun onlayn mahorat darslari ötkaziladi

Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Moskva şahrida  “Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini oliş sohasida texnik yordam körsatiş dasturi” doirasida konferensiya ötkazildi. Unda Armaniston, Qirğiziston, Tojikiston hamda Özbekiston Respublikalari vakillari iştirok etdi.  

Konferensiyani ötkazişdan maqsad –  OIV/OITS, gepatitlar  va boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi ustidan samarali nazoratni ta’minlaşda Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo soğliqni saqlaş tizimini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilgan işlarni sarhisob qilişdan iborat böldi.

Konferensiyada Respublikamiz delegatsiyasi a’zolari nomidan Sanepidqöm rais maslahatçisi D.Kuziyeva sözga çiqib, Özbekiston Respublikasida OIV/OITS, gepatitlar  va boşqa yuqumli kasalliklar diagnostikasi va oldini olişda qilinayotgan işlar böyiça qisqaça tuşuntirib ötdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori v.b. B.Ubaydullayev yurtimizda OIV/OITS, gepatitlar  va boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş yuzasidan olib borilayotgan çora-tadbirlar, şu bilan birga soha xodimlarining bu boradagi bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida faoliyat yuritayotgan markaz haqida töxtaldi.

Şu bilan birga Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Qirğiziston va Tojikistondan kelgan mutaxassislar ham sözga çiqib, OIV/OITSning oldini oliş va bartaraf qiliş böyiça qilinayotgan işlar töğrisida ma’lumotlar berib ötişdi.

Konferensiya davomida boşqa mamlakatlarda bu boradagi holat va yuqumli kasalliklarning oldini oliş hamda diagnostika qiliş töğrisidagi işlar böyiça taqdimot qilindi, virusli gepatitlarni davolaş, kasallik yuqtirganlar bilan işlaş, migrantlar örtasidagi köriklar, hududlarda aholini tibbiy körikdan ötkaziş böyiça tajriba almaşildi.

Şuningdek, konferensiyaning ikkinçi kunida Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Qirğiziston va Tojikistondan kelgan mutaxassislar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazining kursantlari uçun onlayn mahorat darslarini ötiş böyiça kelişib olindi.

Şundan söng delegatsiya a’zolari tomonidan loyiha işini yangi darajaga olib çiqiş, ta’lim dasturlarini amalga oşiriş, mobil klinikalar sonini köpaytiriş, aholini emlaş va virusli gepatitlar böyiça yangi tadqiqotlarni ötkaziş böyiça takliflar işlab çiqildi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →