← Yangiliklar

Laboratoriyalarda xavfni boshqarish

Laboratoriya xodimlari uchun UNOPS eksperti Ann Kristin Xanser tomonidan «Laboratoriyalarda xavfni boshqarish» mavzusida trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilar xalqaro tajribaga asosan laboratoriyalarda faoliyatni rejalashtirish, xavfni baholash va oldini olish, bioxavfsizlik, monitoring va kommunikatsiya borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Tadbirdan kutilayotgan maqsad laborantlar tomonidan xavfni baholashga va aniq boshqarishga tayyor turish, o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish va bartaraf etishdan iborat.

Tadbir yakunida kichik guruhlarda xavfni boshqarish borasidagi chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Kelgusida ular amaliyotga tatbiq etiladi.