Laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş qöllab-quvvatlanmoqda
Laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş qöllab-quvvatlanmoqda

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi va JSST tomonidan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) doirasida “Tipik laboratoriya tizimining umumiy körinişi”, “Laboratoriya tizimining asosiy elementlari”, “Yuqumli kasalliklar böyiça amaliy tadqiqotlar”, “Laboratoriya tizimini rivojlantiriş: istiqbollari” va “Yagona salomatlik asoslari” modullari böyiça 5 kunlik seminar-trening taşkil etildi.
Hozirgi kunda Markazimiz tomonidan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining kömagi asosida muhim loyiha amalga oşirilayotgan laboratoriya yetakçilari uçun GLLP loyihasi soğliqni saqlaş, veterinariya va ösimliklar himoyasi sohalaridagi laboratoriyaning xodimlarini birlaştirdi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori Öral Şukurov. – Mamlakatimizning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi jarayonida laboratoriya xizmatlari sifatini yaxşilaş va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlaş muhim ahamiyatga ega. Bunda sifatli laboratoriya tahlillarini ötkaziş orqali mahalliy eksportyorlarni qöllab-quvvatlaş va eksport salohiyatni oşiriş, mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoşligini kuçaytiriş mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oşirib, taşqi bozordagi mavqeimizni mustahkamlaşga imkon beradi. Navbatdagi boşqaruv va liderlik könikmalari, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan treninglarni ham yuqori darajada taşkil etamiz. Asosiy maqsadimiz — kadrlar salohiyatini oşiriş orqali milliy laboratoriya tizimini takomillaştiriş. JSST va boşqa hamkorlar bilan hamkorlikda bu sohada katta yutuqlarga erişişimizga işonamiz.
Seminar davomida iştirokçilar amaliy maşğulotlar, interfaol seminarlar va şaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnaşdilar. Bu ularga öz sohalarida eng yaxşi amaliyotlar va innovatsion yeçimlarni hayotga tatbiq etiş imkoniyatini yaratadi.
– GLLP dasturi inson salomatligi-hayvon salomatligi-atrof-muhit muhofazasi bölgan uçta alohida tizimni bitta yagona nuqtaga birlaştirişni maqsad qilib olgan, – deydi Sanepidqömita Navoiy viloyat boşqarmasi Karmana tuman bölimi sanitariya-gigiyena laboratoriyasi vraç-laboranti Dilobar Yusupova. –Uşbu treninglar davomida iştirokçilar «Laboratoriyalarning yagona tizim»da birlaşişining muhim va dolzarbligi zamonaviy interfaol usullari orqali bilim berildi. Trening davomida olingan bilimlarimizni kelgusida har bir iştirokçilar öz sohalarida qöllanilganda közlangan maqsadga erişiş mumkinligini anglab yetdik.
Seminar yakunida barça iştirokçilarga maxsus sertifikatlar topşirildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈
