Korrupsiya – jamiyat rivojiga tösiq
Korrupsiya – jamiyat rivojiga tösiq
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida “Korrupsiya – jamiyat rivojiga tösiq” mavzusida tadbir ötkazildi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi rahbariyati, xodimlar, kursantlar iştirok etdi.
Bugungi kunning dolzarb mavzusiga bağişlangan tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori Ö.Şukurov oçib, korrupsiya mamlakatning yuksalişi va taraqqiy etişiga jiddiy tösiqligi, illatga qarşi kuraşiş barça davlatlarda eng dolzarb masala bölib qolayotganini ta’kidlab ötdi.
Tadbirda sözga çiqqan “Özbekistonda oçiqlik va şaffoflik” tahlil markazi direktori örinbosari, iqtisod fanlar nomzodi Nodira Zikrillayeva sönggi yillarda mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalasi davlat siyosati darajasiga kötarilib, korrupsiyaga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va ularga çek qöyiş böyiça salmoqli işlar qilinganiga töxtaldi.
Xususan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşişning samarali mexanizmi yaratildi, qonuniylikni ta’minlaşning institutsional va huquqiy asoslari şakllantirildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça normativ huquqiy asoslarni takomillaştiriş, huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida sohaga taalluqli, boşqa sohalardagi islohotlar natijasida korrupsiya omillarini qisqartirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat siyosati korrupsiyaning oqibatlari bilan kuraşiş emas, balki uning oldini olişga qaratilgan preventiv çora-tadbirlar amalga oşirilyapti. Davlat boşqaruvida byurokratiyani kamaytiriş, oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, davlat xizmatlarini körsatiş sifatini yaxşilaş, raqamlaştirişga qaratilgan işlar şular jumlasiga kiradi.
Korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va uning oqibatlari, korrupsiya va jinoiy javobgarlik, şuningdek, uni oldini olişda har bir fuqaroning mas’uliyati, manfaatlar töqnaşuvi kabi mavzularga alohida töxtalib ötilgan tadbirda köplab misollar keltirib ötildi.
Tadbirda iştirok etgan mutaxassis davlat organlari va jamoat taşkilotlari uşbu muammoni hal qiliş uçun birgalikda iş olib boriş, axloqiy va huquqiy savodxonlikni oşirişga ahamiyat beriş kerakligini ta’kidladi.
Bu kabi tadbirlar fuqarolarning huquqiy ongi va axloqiy qadriyatlarini rivojlantiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi faolligini oşirişga xizmat qiladi.
